Prezident Coca Cola kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Kuinsini qabul qildi. Investitsiyalar hajmini kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Chorshanba kuni kompaniya mamlakatdagi to‘rtinchi zavodini ochdi. Beshinchisi kelasi yili ochilishi kutilmoqda.
Webster, TDIU va JIDU oliygohlari talabalari hamda Coca-Cola chellenji faol ishtirokchilari o‘zlarining eko-kun tartibiga munosabatlari, plastikni qayta ishlashning ahamiyati va ijtimoiy faol kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash haqida so‘zlab berishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting